
2-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 75,03 so‘mga tushib, 11 934,20 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
25-iyun kuni 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni, 26-iyun kuni esa 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi. 29-iyun kuni 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mga, 30-iyun kuni 51,55 so‘mga oshib, 12 060,84 so‘mga, 1-iyul kuni esa 51,57 so‘mga tushib, 12 09,27 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 96,26 so‘mga tushib, 13 591,91 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga tushib, 152,98 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.