Sport

Fransiya Shvetsiyani mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi

Foto: Daniela Porcelli / Getty Images

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichida Fransiya terma jamoasi Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Mbappening dubli fransuzlarni nimchorak finalga olib chiqdi.

Uchrashuv kutilganidek «uchranglilar»ning to‘liq ustunligi ostida boshlandi. Shvetsiya asosan himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa-da, fransuzlarning bosimiga bardosh bera olmadi. O‘yinning birinchi bo‘limi yakunlanishi arafasida, 45-daqiqada Usmon Dembelening uzatmasidan so‘ng jamoa yetakchisi Kilian Mbappe hisobni ochdi va jamoasini tanaffusga yaxshi kayfiyatda olib chiqdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/fra-1.mp4

Ikkinchi bo‘limda ham maydondagi holat o‘zgarmadi. 53-daqiqada Maykl Olisening ajoyib hamkorligidan so‘ng Bredli Barkola uchrashuvdagi ikkinchi golni kiritdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/barkolya.mp4

Bu gol shvedlarning umidlarini puchga chiqargan bo‘lsa, 74-daqiqada yana o‘sha Maykl Olise uzatmasidan keyin Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirib, o‘yinga so‘nggi mantiqiy nuqtani qo‘ydi — 3:0. Shu tariqa, Fransiya terma jamoasi Jahon kubogi sari o‘z yurishini ishonchli tarzda davom ettirmoqda.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/mbapp.mp4

Ma’lumot uchun, turnirning nimchorak finalida (1/8 final) Fransiya terma jamoasi Paragvayga qarshi maydonga tushadi. Paragvayliklar 1/16 final bosqichida Germaniyani kutilmaganda penaltilar seriyasida (4:3) mag‘lub etib, ushbu bosqichga yo‘llanma olgan edi.