Yangiliklar

Magistraturaga hujjat topshirish boshlandi — qo‘llanma

Arizalar 1 – 30-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi
Foto: Belong Blog

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Arizalar 1 – 30-iyul kunlari my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Tanlovda kimlar ishtirok eta oladi

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlar ishtirok etishi mumkin.

Chet tili sertifikatlari bo‘yicha talablar mutaxassisliklar kesimida belgilanadi – ro‘yxat.

Qanday hujjatlar kerak

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/1.magistr-1.mp4
Video: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Onlayn ariza topshirish uchun bakalavr diplomi va chet tilini bilish sertifikati talab etiladi. Talabgorlar ariza yuborishdan oldin hujjatlari to‘liq va to‘g‘ri kiritilganini tekshirishi kerak.

Kimlardan chet tili sertifikati talab qilinmaydi

Ayrim toifadagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi.

Ular qatoriga Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari kiradi.

Shuningdek, ko‘rish, eshitish yoki nutqida nuqsoni bo‘lgan nogironligi mavjud shaxslar hamda bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilardan chet tili sertifikati so‘ralmaydi.

Eslatib o‘tamiz, endi oliygoh bitiruvchisini ishga olgan tadbirkorlar 1 foiz soliq to‘laydi. Mazkur imtiyoz qariyb 200 ming nafar oliygoh bitiruvchisini ishga oladigan tadbirkorlar uchun muhim rag‘bat bo‘lishi kutilmoqda.