Yangiliklar

Prezident qoraqalpog‘istonlik yosh muhandisga Volkswagen elektromobilini sovg‘a qildi

Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanova
Prezident qoraqalpog‘istonlik yosh muhandisga Volkswagen elektromobilini sovg‘a qildi
Foto: edu.uz

Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan innovatsion loyihalar ko‘rgazmasida Shavkat Mirziyoyev faol va iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi. Tadbir davomida nukuslik yosh muhandis elektromobil bilan mukofotlandi.

Foto: edu.uz

Ko‘rgazmada Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanova o‘z jamoasi bilan ishlab chiqqan energiya tejamkor elektromobil loyihasini taqdim etdi.

Yosh muhandisning ma’lum qilishicha, ular yaratgan avtomobil «Yangi avlod avtomobillari» xalqaro tanlovida 10 kilometr masofani atigi 40 vatt energiya sarflab bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Ushbu natija jamoaga musobaqada g‘oliblikni hamda Belgiyada o‘tkaziladigan xalqaro tanlovda O‘zbekiston nomidan qatnashish huquqini taqdim etdi.

Volkswagen Prezident sovg‘asi bo‘ldi

Loyiha bilan tanishgan davlat rahbari yosh ixtirochining yutug‘ini yuqori baholab, «O‘zavtosanoat» rahbariyatiga Ayzada Asanovaga prezident nomidan Volkswagen elektromobilini sovg‘a qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan har yili milliy ruhdagi 20 ta kompyuter va mobil o‘yinlar yaratilishi haqida yozgandi.