Yangiliklar

1-sinfga qabulda kadastr bilan muammo bo‘lsa nima qilish kerak

Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi
1-avgustdan 1-sinfga va maktablararo ko‘chirish uchun elektron qabul boshlandi
Foto: Xalq ta’limi

Kadastr ma’lumotlar bazasini UZKAD yagona axborot tizimiga birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk manzillari bo‘yicha my.maktab.uz platformasida noaniqliklar kuzatilmoqda. Davlat kadastrlar palatasiga ko‘ra, bunday holatlarni tezkor bartaraf etish uchun respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi.

Muammo nimada

Hozirda kadastr ma’lumotlar bazalari yagona UZKAD axborot tizimiga birlashtirilmoqda. Ushbu jarayon davomida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yicha my.maktab.uz platformasida xatolik yoki noaniqliklar paydo bo‘lishi mumkin.

Bu holat, asosan, farzandini 1-sinfga onlayn joylashtirayotgan ota-onalarda muammo keltirib chiqarishi ehtimoli bor.

Qayerga murojaat qilish mumkin

Agar 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammo yuzaga kelsa, fuqarolar @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, quyidagi telefon raqamlari orqali ham bog‘lanish mumkin:

71-207-00-03, ichki raqamlar: 216, 211, 232
99-849-70-02
77-131-80-44

Hududiy telefon raqamlari

  • Andijon viloyati: 74-224-20-25, 93-810-87-57
  • Namangan viloyati: 69-233-27-33, 88-920-01-00
  • Jizzax viloyati: 72-226-75-23, 93-307-87-35
  • Toshkent viloyati: 71-502-02-07, 90-135-35-05
  • Surxondaryo viloyati: 55-451-22-19, 93-220-62-96
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61-224-91-02, 99-194-60-60
  • Sirdaryo viloyati: 67-236-50-05, 97-218-01-17
  • Qashqadaryo viloyati: 75-227-79-97, 98-444-70-17
  • Xorazm viloyati: 62-224-67-04, 87-842-92-91
  • Navoiy viloyati: 79-222-46-31, 94-145-60-45
  • Buxoro viloyati: 65-221-01-88, 93-452-15-54
  • Samarqand viloyati: 95-508-81-50, 97-405-02-94
  • Farg‘ona viloyati: 73-229-02-07, 77-319-07-01

Xatolik bepul bartaraf etiladi

Davlat kadastrlari palatasi xatoliklar tez fursatda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yish, ro‘yxatdan chiqarish yoki propiska ma’lumotlarini o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolatiga kirmasligi eslatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 1-sinfga hujjat topshirishda ariza rad etilsa nima qilish kerakligi haqida xabar berilgandi. Ayni kunlarda my.gov.uz va elektron tizimlar orqali bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha arizalar soni juda ko‘paygan. Shu sababli tizimda yuklama ortishi yoki ayrim arizalar rad etilishi holatlari kuzatilishi mumkin.