
3-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 24,58 so‘mga tushib, 11 909,66 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
26-iyun kuni esa 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi. 29-iyun kuni 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mga, 30-iyun kuni 51,55 so‘mga oshib, 12 060,84 so‘mga, 1-iyul kuni 51,57 so‘mga tushib, 12 09,27 so‘mga tenglashdi. 2-iyul kuni esa 75,03 so‘mga tushib, 11 934,20 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 96,26 so‘mga tushib, 13 591,91 so‘mni, rubl esa 0,77 so‘mga tushib, 152,98 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.