
AQSh terma jamoasi 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etib, nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
G‘alabaga qaramay, amerikaliklar uchrashuvning katta qismini bir futbolchi kam bo‘lib o‘tkazdi. Hisobni birinchi bo‘lim oxirida hujumchi Folarin Balogun ochdi. Biroq u ikkinchi bo‘limda Tarik Muharemovich bilan to‘qnashuvdan so‘ng qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Natijada Balogun 6-iyul kuni Sietlda Belgiyaga qarshi nimchorak final bahsini o‘tkazib yuboradi.

Bir kishi kam qolganiga qaramay, Maurisio Pochettino shogirdlari himoyada ishonchli o‘ynadi. 82-daqiqada Malik Tillman jarima zarbasidan chiroyli gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa AQSh 2002-yildan beri ilk bor Jahon chempionatining pley-off bosqichida g‘alaba qozondi va endi Belgiya bilan chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Nimchorak finalda mundial mezmonlari Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq «Kursiv» Belgiya Senegal ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida yozgan edi.