Sport

Belgiyadan kombek! «Qizil iblislar» Senegal ustidan irodali g‘alabaga erishdi ​

Foto: FIFA.com

Sietl shahridagi «Sietl Stadium» o‘yingohida Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Belgiya terma jamoasi Senegal bilan kuch sinashdi. Murosasiz kechgan bahsda Belgiya 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Habib Diarra hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 51-daqiqasida Ismayla Sarr raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-02_02-29-10.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-02_02-29-12.mp4

Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida yevropaliklar aqlbovar qilmas kambekni amalga oshirishdi. 86-daqiqada Romelu Lukaku oradagi farqni qisqartirgan bo‘lsa, 89-daqiqada Leandro Trossard uzatgan to‘pni Yuri Tilemans boshi bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/vid_20260702_025701_618.mp4
https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/replay-2026-07-01-07-51-16.mp4

Asosiy vaqtda hisob o‘zgarmagach, tomonlar ekstra taymlarga yo‘l oldi. Qo‘shimcha taymlarda Senegal darvozasi tomon penalti belgilandi. Jarima zarbasini esa Yuri Tilemans aniq amalga oshirib hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ma’lumot uchun, ushbu juftlik g‘olibi chorak finalda AQSH hamda Bosniya va Gersegovina uchrashuvi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Avvalroq Kursiv nashri Angliya Kongo ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.