Yangiliklar

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi

Ichki ishlar organlarida navbatdagi kadrlar tayinlovi amalga oshirildi
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi / Foto: IIV

Sherliyev Murodbek Atabekovich Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, tayinlovga qadar Murodbek Sherliyev mazkur xizmat boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Sherliyevdan oldin ushbu lavozimda Sherzod Ibragimov faoliyat yuritgan. U mazkur lavozimda 2024-yil iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. Yaqinda esa Ibragimov  prezident qaroriga asosan Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kadastr agentligiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar bergan edik.