
Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 2 295 nafarga yetgan. 1-iyul kuni prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges zilzila qurbonlari xotirasi uchun mamlakat bo‘ylab yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.
Mamlakat Milliy assambleyasi raisi Xorxe Rodrigesning ma’lum qilishicha, ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 295 nafarga yetgan. Shuningdek, 11 267 kishi turli darajada tan jarohati olgan, qariyb 13 ming kishi esa boshpanasiz qolgan.

BMTga ko‘ra, hozirda qariyb 50 ming kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ularning 30 mingga yaqini eng ko‘p zarar ko‘rgan La-Guayra port hududida bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan qariyb 6,5 ming kishini tirik olib chiqqan.
Ma’lumot uchun, 24-iyun kuni Venesuela shimolida, poytaxt Karakasdan g‘arbda 39 soniya farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. Mutaxassislar ushbu hodisani bir hududda qisqa vaqt oralig‘ida yuz beradigan «seysmik duplet» deb baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistondagi o‘quv markazi tomi qulab, 14 nafar bola halok bo‘lgani haqida yozgan edik.