
Prezident Gruziyaning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlandi
Gruziyaga davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakatning oliy davlat mukofoti – «Oltin mo‘yna» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda dalat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Raqobat qo‘mitasi qisqa raqamlarga ulanishdagi muammolarni o‘rgandi
Raqobat qo‘mitasi qisqa raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishda ko‘p vaqt yo‘qotilishi, operator bilan ulanish qiyinligi va texnik uzilishlar bo‘yicha takliflarini Raqamli texnologiyalar vazirligiga yubordi.

Zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimi qanday ishlaydi
O‘zbekistonda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtiriladi. Adliya vazirligiga ko‘ra, prezident tomonidan yangi qonun imzolandi.

Qirg‘iziston yonilg‘i taqchilligi xavfi sabab O‘zbekistonga murojaat qildi
Qirg‘iziston yonilg‘i ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston va boshqa qator davlatlarga rasmiy murojaat yo‘lladi. Bu haqda mamlakat Energetika vazirligi ma’lum qildi.

OpenAI AQSh hukumatiga kompaniyaning 5 foiz ulushini berishni taklif qildi
OpenAI sun’iy intellekt sohasidagi siyosiy bosimni yumshatish maqsadida AQSh hukumatiga kompaniyaning 5 foizlik ulushini taklif qilmoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Charm-poyabzal sanoatini qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar joriy etiladi
O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish uchun subsidiyalar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Venesuelada zilzila qurbonlari 2300 nafarga yaqinlashdi — mamlakatda motam e’lon qilindi
Venesuelada sodir bo‘lgan kuchli zilzila qurbonlari soni 2 295 nafarga yetgan. 1-iyul kuni prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges zilzila qurbonlari xotirasi uchun mamlakat bo‘ylab yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi boshliq tayinlandi
Sherliyev Murodbek Atabekovich Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Kecha tanqid qilib, bugun olqishlayapti» — Qodirov terma jamoa haqidagi gaplariga izoh berdi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov futbolchilar haqidagi tanqid va olqishlari borasidagi muhokamalarga munosabat bildirdi. Uning aytishicha, bu yerda qarama-qarshilik yo‘q, tanqid kamchiliklarni tuzatish, olqish esa futbolchilarning mehnatini e’tirof etish uchun aytilgan.