Yangiliklar

Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin

22 ta tijorat bankida
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin
Dam olish kunlari qaysi banklarda valyuta ayirboshlash mumkin / Foto: Hafiza Muxtorova

Dam olish kunlari aholiga moliyaviy xizmatlardan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ayrim banklar odatdagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 4 – 5-iyul kunlari ayrim tijorat banklarining valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalari aholiga xizmat ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan quyidagi banklarda ish jadvali e’lon qilindi:

Shuningdek, fuqarolar «24/7» rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali istalgan vaqtda valyuta ayirboshlashi mumkin.

Bundan tashqari, bank binosiga bormasdan turib ham tijorat banklarining mobil ilovalari orqali kunning istalgan vaqtida valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarga yetgani haqida yozgan edik.