Sport

Ispaniya Avstriyani yengib, nimchorak finaliga yo‘l oldi

«Qizil furiya» 2:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qildi
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasida Ispaniya terma jamoasi Avstriyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Luis de la Fuente shogirdlari o‘yinni to‘liq nazorat qildi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuv ispanlarning ustunligi ostida o‘tdi. 36-daqiqada Mark Kukurelyaning uzatmasidan so‘ng Mikel Oyarsabal hisobni ochdi. Hujumchi to‘pni to‘xtatib o‘tirmay zarba berdi, David Alaba esa to‘p yo‘liga to‘g‘onoq bo‘la olmadi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-03_01-34-45.mp4

Ikkinchi bo‘limda, 66-daqiqada Aleks Baenaning uzatmasidan unumli foydalangan himoyachi Pedro Porro boshi bilan ikkinchi golni kiritdi. 89-daqiqada esa Kukurelya qanotdan uzatgan to‘pni yana o‘sha Oyarsabal golga aylantirib, dublni rasmiylashtirdi.

https://uz.kursiv.media/wp-content/uploads/2026/07/video_2026-07-03_01-35-21.mp4

Jahon chempionatining to‘riga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi nimchorak finalda Portugaliya va Xorvatiya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Avvalroq Kursiv nashri Belgiya Senegal ustidan irodali g‘alabaga erishgani haqida xabar bergan edi.