Gadjetlar

Xiaomi endi qaysi modellar yangilanish olmasligini e’lon qildi

Endi Android va HyperOS yangilanishlari chiqmaydi
Xiaomi endi qaysi modellar yangilanish olmasligini e’lon qildi
Foto: Xiaomi

Xiaomi bir nechta mashhur smartfon va planshetlar uchun dasturiy qo‘llab-quvvatlashni rasman to‘xtatdi. Kompaniya End of Life, ya’ni hayot sikli yakunlangan qurilmalar ro‘yxatini yangiladi.

Qaysi qurilmalar ro‘yxatga kiritildi

Yangilanish olmaydigan qurilmalar qatoriga Xiaomi, Redmi va Poco lineykalaridagi modellardan bir nechtasi kiritilgan.

Ro‘yxat quyidagicha:

  • Xiaomi 12;
  • Xiaomi 12 Pro;
  • Xiaomi 12S Ultra, Xitoy versiyasi;
  • Xiaomi Pad 6, Xitoy versiyasi;
  • Xiaomi Pad 6 Pro, Xitoy versiyasi;
  • Poco X4 Pro 5G;
  • Poco X5 5G;
  • Poco X5 Pro 5G;
  • Redmi Note 12T Pro, Xitoy versiyasi;
  • Redmi K60E, Xitoy versiyasi;
  • Redmi 10 5G.

Endi Android va HyperOS yangilanishlari chiqmaydi

EOL maqomi qurilmaning dasturiy qo‘llab-quvvatlash muddati yakunlanganini anglatadi.

Bunday smartfon va planshetlar endi Android va HyperOS yangilanishlarini olmaydi. Shuningdek, ularga yangi funksiyalar, xatolarni tuzatish va xavfsizlik yamoqlari ham chiqarilmaydi.

Qurilmalar ishlashda davom etadi

Qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilgani qurilmalar ishlamay qoladi degani emas. Ular odatdagi tartibda ishlashda davom etadi.

Biroq kelajakda xavfsizlikdagi zaifliklar yoki dasturiy muammolar aniqlansa, Xiaomi ularni rasmiy tarzda tuzatib bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 410 dollarlik Redmi K90 Ultra taqdim etilgani xabar qilingandi. Qurilma 16/256 GB xotirali asosiy talqinda 2 799 yuan (taxminan $410) narxda sotuvga chiqdi. Shuningdek, 12/512 GB va 16/512 GB xotirali versiyalari mos ravishda 3 299 va 3 499 yuan etib belgilangan.