Yangiliklar

Dollar kursi hafta davomida qariyb 100 so‘mga pasaydi

29-iyundan 3-iyulgacha
Dollar 12 100 so‘mdan oshdi: 8-may uchun valyutalar kursi
Foto: depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi bu haftani (29-iyundan 3-iyulgacha bo‘lgan davr) pasayish bilan yakunladi. Haftaning ikkinchi kunida AQSh valyutasi qimmatlashgan bo‘lsa-da, keyingi uch kunda ketma-ket arzonlashdi.

29-iyun kuni dollar kursi 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mni tashkil qildi. 30-iyun kuni esa AQSh valyutasi 51,55 so‘mga oshib, 12 060,84 so‘mga yetdi. Bu mazkur davrdagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.

1-iyuldan dollar yana pasaya boshladi. Shu kuni kurs 51,57 so‘mga tushib, 12 009,27 so‘mni tashkil qildi. 2-iyul kuni pasayish davom etdi va dollar 75,03 so‘mga arzonlashib, 11 934,24 so‘mga tenglashdi.

Infografika: SI / Kursiv Uzbekistan

3-iyul uchun e’lon qilingan kursga ko‘ra, AQSh valyutasi yana 24,58 so‘mga tushib, 11 909,66 so‘mni tashkil etdi.

Shu tariqa 29-iyundagi 12 009,29 so‘mlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, dollar kursi 99,63 so‘mga pasaydi. 30-iyundagi eng yuqori ko‘rsatkichdan hisoblaganda esa pasayish 151,18 so‘mni tashkil qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 6-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.