
4-iyul kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanida joylashgan «Oʻrikzor» bozoridagi doʻkonda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, soat 04:26 da Toshkent halqa avtomobil yoʻli koʻchasida joylashgan bozordagi doʻkonda yongʻin yuz bergani haqida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng qutqaruv boʻlinmalari soat 04:35 da voqea joyiga yetib borgan. Yongʻin soat 04:48 da qurshab olingan va soat 05:01 da toʻliq oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida oziq-ovqat doʻkonining 150 kvadrat metr maydoni yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yoʻq. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Piskentda «avtozapchast» doʻkonida yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar bergan edi.