
Buxoro viloyatida 30 ming tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy markaziy futbol stadioni qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda viloyat futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, stadion Buxoro tumanidagi «Bog‘idasht» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etiladi. Hozirda loyiha ishlari boshlangan.

Loyihani Xitoyning China CAMC Engineering kompaniyasi amalga oshiradi.
Yangi stadion xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Inshoot futbol uchrashuvlari bilan birga yirik respublika va xalqaro sport musobaqalariga ham mezbonlik qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA «Bunyodkor» va «Andijon» futbol klublariga transfer taqiqini qo‘ygani haqida xabar bergan edi.