
5-iyul, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumotlari e’lon qilindi.
Hududlarning asosiy qismida shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 33–38 daraja, janubiy viloyatlarda esa 40 darajagacha issiq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Toshkentda
Poytaxtda kun davomida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 34–36 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17–22 daraja bo‘lishi prognoz qilingan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 4 – 6-iyul kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi borligi haqida yozgandi.