
7-iyul kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi +20…+28°C, kunduzi esa +33…+42°C atrofida bo‘ladi. Ayrim hududlarda shamol kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +37…+39°C | +21…+23°C | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +36…+41°C | +22…+27°C | Kutilmaydi |
| Buxoro, Navoiy viloyatlari | +36…+41°C | +23…+28°C | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | +35…+40°C | +20…+25°C | Kutilmaydi |
| Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari | +37…+42°C | +22…+27°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +33…+38°C | +20…+25°C | Kutilmaydi |
| Tog‘oldi va tog‘li hududlar | +23…+28°C | +15…+20°C | Qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |