Sport

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Neymar Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Foto: Instagram

Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Neymar milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda Sport Express nashri xabar berdi.

34 yoshli hujumchi JCh—2026 nimchorak finalida Norvegiyaga qarshi o‘yinda penaltidan gol urdi. Bu Neymar uchun 2023-yildan buyon Braziliya safidagi ilk gol bo‘ldi. Biroq braziliyaliklar uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundialni tark etdi.

«O‘zimni sinab ko‘rdim, ammo endi hammasi tugadi», — dedi Neymar o‘yindan keyin.

Neymar Braziliya terma jamoasi safida 130 ta o‘yinda maydonga tushib, 80 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2016-yilgi Olimpiada g‘olibi bo‘lgan, 2012-yilgi Olimpiada va 2021-yilgi Amerika kubogida kumush medalni qo‘lga kiritgan, shuningdek 2013-yilda Konfederatsiyalar kubogida zafar quchgan.

JCh—2026 Neymar uchun 2023-yil oktabridan keyin Braziliya terma jamoasidagi ilk yirik qaytish bo‘ldi. Shu bilan birga, Norvegiyaga qarshi o‘yin uning milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuviga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Abbosbek Fayzullayev haqida 5 ta faktni yozgan edi.