Yangiliklar

Prezident maktabiga kirgan har bir o‘quvchisi uchun o‘qituvchi mukofot pul oladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan
Prezident maktabiga kirgan har bir o‘quvchisi uchun o‘qituvchi mukofot pul oladi
Foto: prezident.uz

Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun uning umumta’lim maktabidagi tegishli fan o‘qituvchisi bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Bu tartib Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.

Qaysi o‘qituvchilar mukofot oladi

Nizomga ko‘ra, mukofot Prezident maktabiga kirish imtihonlarida asosiy hisoblangan fanlardan dars bergan o‘qituvchilarga beriladi. Bular tanlov, musobaqa yoki imtihon fanlari bo‘yicha dars o‘tgan pedagoglardir.

Mukofot miqdori qanday

Har bir Prezident maktabiga qabul qilingan o‘quvchi uchun tegishli fan o‘qituvchisiga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir martalik mukofot puli to‘lanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 10 yillik stajga ega ijodkorlar sanatoriylarda bepul davolanishi haqida yozgandi.