Yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Telefon orqali
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan tabrikladi / Foto: Facebook

Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni telefon orqali muloqotda Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat davomida Mirziyoyev Nazarboyevning zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi ulkan hissasini alohida e’tirof etdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ko‘mak tamoyillariga asoslangan ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan Trampni qutlagan edi.