Yangiliklar

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3,4 ming nafarga yaqinlashdi

16,5 mingga yaqin kishi jarohat olgan
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 3400 nafarga yaqinlashdi / Foto: The New Yorker

Venesuelada sodir bo‘lgan ketma-ket zilzilalar oqibatlari halok bo‘lganlar soni 3342 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat Axborot vazirligiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida yana 16, 4 ming kishi jarohat olgan, 17,3 ming nafar kishi esa boshpanasiz qolgan. Qutqaruv xizmatlari vayron bo‘lgan hududlarda qidiruv-qutqaruv va tiklash ishlarini davom ettirmoqda.

Foto: Unicef

Ma’lumot uchun, 24-iyun kuni Venesuela shimolida, poytaxt Karakasdan g‘arbda 39 soniya farq bilan magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli zilzila sodir bo‘lgandi. Mutaxassislar ushbu hodisani bir hududda qisqa vaqt oralig‘ida yuz beradigan «seysmik duplet» deb baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 1-iyul kuni prezident vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges zilzila qurbonlari xotirasi uchun mamlakat bo‘ylab yetti kunlik milliy motam e’lon qilgan edi.