Sport

Ispaniya so‘nggi soniyalarda Portugaliyani mag‘lub etdi

Foto: FIFA.com

AQShning Dallas shahrida futbol bo‘yicha Jahon chempionatining nimchorak finali doirasida qit’adoshlar Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvda ispaniyaliklar minimal 0:1 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvning dastlabki taymida asosan ispanlar faollik ko‘rsatdi. Aleks Baena hamda Lamin Yamalning zarbalarini Portugaliya darvozaboni ishonchli tarzda bartaraf etdi.

Foto: FIFA.com

Ikkinchi taymda esa portugaliyaliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduda hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo Ispaniya posboni Unai Simon xavfni o‘z vaqtida qaytarib, jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Ferran Torresning uzatmasini Mikel Merino golga aylantirib, g‘alabani ilib ketdi. Ma’lumot uchun, Ispaniya Jahon chempionatining keyingi bosqichida AQSh va Belgiya qarama-qarshiligida ustun kelgan jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Kursiv nashri Angliya Meksikani mag‘lub etib, chorak finalga chiqqani haqida xabar bergan edi.