Yangiliklar

O‘zIQMK obligatsiyalari bilan 65,5 mlrd so‘mlik yirik REPO bitimlari amalga oshirildi

«Toshkent» Respublika fond birjasi savdo tizimida
Endi milliy valyutada obligatsiyalar chiqarish soddalashadi
Foto: Xs

«Toshkent» Respublika fond birjasi savdo tizimida «O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi« (O‘zIQMK) AJ obligatsiyalari bo‘yicha yirik hajmdagi REPO bitimlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda birja rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Joriy yilning 6-iyul kuni fond birjasi savdo tizimida 65,5 milliard so‘mlik REPO bitimlari tuzildi. Bitimlar O‘zIQMKning korporativ obligatsiyalari bilan amalga oshirildi. Mazkur operatsiyani Freedom Broker Uzbekistan o‘tkazdi, «Ipak Yo‘li» AITB esa kontragent sifatida ishtirok etdi.

Bozorda yangi REPO segmentiga start berildi

Ushbu bitim mahalliy kapital bozorida korporativ obligatsiyalar bilan ta’minlangan REPO bozorini shakllantirishdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda. Bu obligatsiyalar bozorida likvidlikni oshirish, moliyaviy resurslar aylanishini faollashtirish hamda ishtirokchilar uchun qisqa muddatli moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Likvidlikni boshqarish imkoniyatlari kengayadi

Freedom Broker’ga ko‘ra, qat’iy pul-kredit siyosati sharoitida ta’minlangan qisqa muddatli moliyalashtirish vositalariga talab ortib bormoqda. Uning fikricha, ishonchli emitentlarning korporativ obligatsiyalari investorlar uchun likvidlikni samarali boshqarish vositasiga aylanishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi 700 mlrd so‘mlik obligatsiya joylashtirgani haqida yozgandi.