Gadjetlar

Arzon Samsung Galaxy A08 smartfoni tez orada chiqadi

Arzon Samsung Galaxy A08 smartfoni tez orada chiqadi
Foto: Getty Images

Samsung kompaniyasi Galaxy A turkumidagi yangi hamyonbop smartfon – Samsung Galaxy A08 modelini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

Galaxy A08 uchun A085FXXU0AZF7 raqamli dasturiy ta’minot sinovdan o‘tkazilayotgani qayd etilgan. Bu kompaniya smartfonni taqdim qilishdan oldingi tayyorgarlik jarayonini boshlaganini anglatishi mumkin.

Hozircha Galaxy A08’ning texnik xususiyatlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berilmagan. Model boshlang‘ich narx segmentiga mansub bo‘lishi va Galaxy A07 smartfonining davomchisi sifatida chiqarilishi kutilmoqda. Samsung Galaxy A07 modelini 2025-yil avgustda taqdim etgan edi.

Foto: Sammobile

Kompaniya ushbu turkumni odatda yiliga bir marta yangilashini hisobga olganda, Galaxy A08 ham 2026-yil avgustda namoyish etilishi mumkin.

Qurilma Samsung‘ning eng arzon smartfonlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Biroq uning narxi, protsessori, kamerasi va batareya sig‘imi haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S27 Pro haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Koreya Respublikasining Money Today nashri ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya yangi flagmanlarida chiplarni hududlar bo‘yicha taqsimlash amaliyotini davom ettiradi.

Galaxy S27 Pro‘ning Yevropa, Osiyo, Avstraliya, Afrika va Lotin Amerikasi uchun mo‘ljallangan versiyalari Exynos 2700 chipi bilan jihozlanadi. AQSh, Kanada va Meksika bozorlaridagi modellar esa Qualcomm platformasini olishi kutilmoqda.