Kino va seriallar

«Forsaj» filmi haqida qiziqarli 10 ta fakt

Kursiv Uzbekistan afsonaviy film haqida eng qiziqarli faktlarni jamladi
«Forsaj» filmi haqida qiziqarli 10 ta fakt
Foto: Getty Images

«Forsaj» nafaqat avtomobillar va tezlik haqidagi film, balki kutilmagan voqealar va qiziqarli tafsilotlarga boy loyiha ham hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan afsonaviy film haqida eng qiziqarli faktlarni bir joyga jamladi.

1. Film g‘oyasi Pol Uokerning orzusidan tug‘ilgan

Film g‘oyasi Pol Uokerning orzusidan tug‘ilgan
Foto: Getty Images

Dastlab «Forsaj» oddiy jangari film sifatida rejalashtirilgan. Biroq aktyor Pol Uoker poyga haqidagi Days of Thunder va maxfiy politsiyachi haqidagi Donnie Brasco filmlarini birlashtirish g‘oyasini ilgari surgan. Aynan shu fikr keyinchalik «Forsaj» syujetining asosiga aylangan.

2. Dominik Toretto rolini Vin Dizel emas, boshqa aktyor o‘ynashi mumkin edi

Foto: Getty Images

Film ijodkorlari dastlab Dominik rolini aktyor Timoti Olifantga taklif qilgan. Ammo u avtomobil poygalari mavzusidagi yana bir filmda suratga tushishni istamagani uchun taklifni rad etgan. Shundan so‘ng rol Vin Dizelga nasib qilgan.

3. Birinchi film suratga olish jarayonida 78 ta avtomobil vayron qilingan

Foto: Getty Images

«Forsaj» amaliy effektlari bilan mashhur. Birinchi filmni suratga olish davomida 78 ta avtomobil turli sahnalarda urib yuborilgan, portlatilgan yoki butunlay ishdan chiqarilgan. Ulardan uchtasi faqat treyler uchun ishlatilgan.

4. Filmda qatnashgan ikki bosh aktrisaning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan

Foto: Getty Images

Jordana Bryuster va Mishel Rodriges suratga olish ishlari boshlanishida avtomobil boshqarish huquqiga ega emas edi. Ular film davomida maxsus kurslarda o‘qib, haydovchilik guvohnomasini olgan.

5. Ko‘cha poygalari sahnalarida 1,5 mingdan ortiq haqiqiy avtomobil qatnashgan

Foto: Getty Images

Budjetni tejash maqsadida ijodkorlar yuzlab avtomobillarni ijaraga olish o‘rniga haqiqiy avtomobil ishqibozlari va ko‘cha poygachilarini suratga olish maydonchasiga taklif qilgan. Natijada filmda 1,5 mingdan ortiq haqiqiy avtomobil qatnashgan.

6. Vin Dizel «Forsaj 2» suratga olinmasligini istagan

Foto: Getty Images

Birinchi film katta muvaffaqiyat qozongach, Vin Dizel studiyadan davomiy qismini suratga olmaslikni so‘ragan. U ko‘plab filmlar singari davomi birinchi qismning obro‘siga putur yetkazishidan xavotirlangan. Ammo studiya baribir davomiy qismlarni ishlab chiqargan.

7. Filmning nomi oxirgi daqiqalarda o‘zgartirilgan

Foto: Getty Images

Loyiha avval Redline, Race Wars va Street Wars kabi nomlar bilan atalishi rejalashtirilgan. Oxir-oqibat prodyuser Nil Morits 1954-yilda suratga olingan The Fast and the Furious filmining nomidan ilhomlanib, aynan shu nomni tanlagan.

8. Bir jang sahnasi to‘liq improvizatsiya bo‘lgan

Foto: Getty Images

Brayan O’Konnor va Vins o‘rtasidagi mushtlashuv sahnasi avvaldan rejalashtirilgan bo‘lsa-da, suratga olish vaqtida aktyorlar ssenariydan chiqib ketib, sahnani to‘liq improvizatsiya asosida ijro etgan.

9. Mishel Rodriges ssenariyni o‘zgartirishga erishgan

Foto: Getty Images

Dastlab ssenariyda Letti Brayan bilan yashirin munosabat boshlashi kerak edi. Mishel Rodriges bu qahramon xarakteriga mutlaqo mos emasligini aytib, bunga qarshi chiqqan. Uni Vin Dizel qo‘llab-quvvatlagan va natijada ssenariy o‘zgartirilgan.

10. Ssenariy Los-Anjelesga ko‘chirilgan

Foto: Getty Images

Ssenariyning dastlabki voqealari Nyu-York chekkasida bo‘lishi kerak edi. Keyinchalik ssenariynavis Devid Ayer voqealarni Los-Anjelesga ko‘chirib, filmga haqiqiy ko‘cha poygalari muhiti va turli millat vakillaridan iborat qahramonlarni qo‘shgan. Aynan shu o‘zgarishlar «Forsaj»ning o‘ziga xos uslubini shakllantirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Forsaj»ning so‘nggi filmi suratga olinayotgani haqida yozgandi.