Yangiliklar

Insurance Broker Consulting litsenziyasi bekor qilindi

2026-yil 26-iyundan boshlab
«Insurance Broker Consulting» litsenziyasi bekor qilindi
Foto: depositphotos

«Insurance Broker Consulting» MChJga sug‘urta brokeri sifatida faoliyat yuritish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.

Litsenziya Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining qarori asosida 2026-yil 26-iyundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan. Kompaniyaga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun SF seriyali 00185-son litsenziya 2013-yil 1-fevralda berilgan edi.

Litsenziya O‘zbekistonning «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida bekor qilingan.

Shu bilan birga, kompaniya mijozlar va sug‘urta qildiruvchilar bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi shart.

Bu talab sug‘urta va qayta sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyati doirasida tuzilgan barcha amaldagi shartnomalarga ham tegishli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq telekommunikatsiya litsenziyasini olish muddati 25 ish kunidan 10 ish kunigacha qisqartirilishi xabar qilingandi.