
2026/2027-o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishi mumkin. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Abituriyentlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali JShShIR (PINFL) hamda pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish orqali yuklab olishlari mumkin.
Test sinoviga kirishda abituriyentlar pasport yoki ID-karta hamda ruxsatnomani o‘zi bilan olib kelishi va belgilangan vaqtdan kechikmasligi shart.
Ma’lum qilinishicha, pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikkan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan qaysi oliygohlarda shtatdagi professor-o‘qituvchilar mavjud emasligi haqida yozgandi.