
Samsung kompaniyasining budjet segmentdagi Galaxy A18 smartfoni renderlari e’lon qilindi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Tasvirlardan ko‘rinishicha, qurilma ekranning yuqori qismidagi tomchisimon (waterdrop) kesimni saqlab qoladi. Bu esa Samsung byudjet segmentida bir necha yildan beri foydalanib kelayotgan dizayndan voz kechmayotganini anglatadi.

Qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A18 6,7 dyuymli displey, uchta asosiy kamera hamda yon tomondagi tugmalar joylashgan Key Island dizayni bilan jihozlanadi. Smartfonning o‘lchamlari 164,4 × 77,8 × 7,84 mmni tashkil etadi.
Shuningdek, qurilma 4G va 5G versiyalarida taqdim etilishi kutilmoqda. 4G modeli MediaTek protsessorida, 5G versiyasi esa Qualcomm platformasida ishlashi mumkin. Smartfonga 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilishi ham aytilmoqda.

Taqdimot qachon bo‘ladi
Smartfon 2026-yilning avgust oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Biroq xotira mikrosxemalari narxining oshishi sabab yangi model avvalgi Galaxy A17 smartfoniga nisbatan qimmatroq bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S27 smartfonlarida Privacy Display funksiyasini joriy etishi haqida yozgan edik.