Yangiliklar

O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda — statistika

Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida — qariyb 580 ming
Endi ilmiy daraja uchun chet tili sertifikati talab qilinmaydi
O‘zbekistonda 1,5 milliondan ortiq talaba tahsil olmoqda — statistika / Foto: FE

2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni 1,5 mln nafardan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili boshida mamlakatdagi oliy ta’lim tashkilotlarida jami 1 535 000 nafar talaba tahsil olmoqda. Shundan 1 478 700nafari bakalavriat, 56,3 ming nafari esa magistratura bosqichida ta’lim olmoqda.

Eng ko‘p talaba poytaxtda

Hududlar kesimida eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda. Bu yerda 579,3 ming nafar talaba qayd etilgan.

Keyingi o‘rinlarda Buxoro viloyati 117,7 ming nafar, Qashqadaryo viloyati 111,6 ming nafar, Toshkent viloyati 101,5 ming nafar, Farg‘ona viloyati 98,9 ming nafar va Samarqand viloyati 93,9 ming nafar talaba bilan qayd etilgan.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Qolgan hududlardagi ko‘rsatkichlar

Surxondaryo viloyatida 76,2 ming nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 73,7 ming nafar, Xorazm viloyatida 65,9 ming nafar, Andijon viloyatida 65,7 ming nafar talaba oliy ta’limda tahsil olmoqda.

Shuningdek, Namangan viloyatida 52,5 ming nafar, Navoiy viloyatida 42,5 ming nafar, Jizzax viloyatida 32,4 ming nafar, Sirdaryo viloyatida esa 23,2 ming nafar talaba ro‘yxatga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qaysi oliygohlarda shtatdagi professor-o‘qituvchilar mavjud emasligi haqida yozgan edik.