Yangiliklar

Prezident Minskda tantanali kutib olindi — ilk manzil G‘alaba monumenti bo‘ldi

Davlat rahbarini Belarus bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri hamda boshqa rasmiylar kutib oldi
Prezident Minskda tantanali kutib olindi — ilk manzil G‘alaba monumenti bo‘ldi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarus poytaxti Minsk shahriga bordi. Davlat rahbarini xalqaro aeroportda Belarus Respublikasi bosh vaziri Aleksandr Turchin, Tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz

Oliy martabali mehmon sharafiga O‘zbekiston va Belarus davlat bayroqlari ko‘tarildi, shuningdek, faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘yildi

Minsk shahrida Mirziyoyev G‘alaba monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Marosim davomida harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi, faxriy qorovul askarlari tantanali ravishda saf yurishini amalga oshirdi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Tashrif dasturiga muvofiq, 9-iyul kuni Minskdagi Mustaqillik saroyida O‘zbekiston va Belarus yetakchilari o‘rtasida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarda ikki davlat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagani haqida yozgan edik.