Yangiliklar

Serbiyada qolib ketgan o‘zbekistonlikka aviachipta olib berildi

Fuqaro og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan
Serbiyada qolib ketgan o‘zbekistonlikka aviachipta olib berildi
Foto: «Dunyo» AA

Serbiyada og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosiga vatanga qaytish uchun amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Vatandosh O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi Konsullik bo‘limiga murojaat qilib, O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘ragan.

Fuqaro og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan

Ma’lum qilinishicha, uning muammoli vaziyatga tushib qolishiga Serbiyadagi ish beruvchi o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarmagani va avvalgi kelishuvlarga amal qilmagani sabab bo‘lgan.

Natijada fuqaro og‘ir moddiy ahvolga tushib, O‘zbekistonga mustaqil qaytish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Bepul aviachipta olib berildi

Elchixona ko‘magida unga O‘zbekiston fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bepul aviachipta olib berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Ozarbayjon va Serbiya rahbarlari bilan muhim masalalarni muhokama qilgandi.