
2026-yil 8-iyuldan Toshkent va Samarqand shaharlarida yashovchi harbiy xizmatchilarga beriladigan ijara kompensatsiyasi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Hukumatning 2026-yil 7-iyuldagi 369-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun to‘lanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 25 foizga oshiriladi.
| Hudud | Miqdor (BHM) | So‘mda (412 ming so‘m) |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | 6 baravar | 2 472 000 so‘m |
| Samarqand shahri | 4,5 baravar | 1 854 000 so‘m |
| Nukus shahri va viloyatlar markazlari | 3,6 baravar | 1 483 200 so‘m |
| Boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari | 2,4 baravar | 988 800 so‘m |
Agar harbiy xizmatchining oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lsa (harbiy xizmatchining o‘zi hisobga olinmaydi), ijara kompensatsiyasi 50 foizga oshiriladi. Bunda oila a’zolari sifatida turmush o‘rtog‘i, farzandlari, ota-onasi va qonunchilikka muvofiq boqimandasi deb e’tirof etilgan boshqa shaxslar hisobga olinadi.
Bunda to‘lanadigan summalar quyidagicha bo‘ladi:
| Hudud | Asosiy miqdor | 50% oshirilgan miqdor |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | 2 472 000 so‘m | 3 708 000 so‘m |
| Samarqand shahri | 1 854 000 so‘m | 2 781 000 so‘m |
| Nukus shahri va viloyatlar markazlari | 1 483 200 so‘m | 2 224 800 so‘m |
| Boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari | 988 800 so‘m | 1 483 200 so‘m |
Ma’lumot uchun, jadvaldagi summa hozirgi BHM (412 ming so‘m)dan kelib chiqib hisoblandi. 2026-yil 1-sentabrdan BHM 440 ming so‘m bo‘lgach, ushbu summalar ham avtomatik ravishda oshadi:
| Hudud | Asosiy miqdor (2026-yil 1-sentabrda) | Oila a’zolari 3 kishi va undan ortiq bo‘lganda (+50%) |
|---|---|---|
| Toshkent shahri | 2 640 000 so‘m | 3 960 000 so‘m |
| Samarqand shahri | 1 980 000 so‘m | 2 970 000 so‘m |
| Nukus shahri va viloyatlar markazlari | 1 584 000 so‘m | 2 376 000 so‘m |
| Boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlari | 1 056 000 so‘m | 1 584 000 so‘m |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘qotar qurollarni ixtiyoriy topshirganlar qancha pul mukofoti olishi haqida yozgan edik.