Yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi forumiga bag‘ishlangan kumush tangalar sotuvga chiqadi

Nufuzli xalqaro forumning ramziy timsoli sifatida
Islom sivilizatsiyasi forumiga bag‘ishlangan kumush tangalar sotuvga chiqadi / Foto: Markaziy bank

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi munosabati bilan maxsus zarb etilgan esdalik kumush tangalari sotuvga chiqariladi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Foto: Markaziy bank
Foto: Markaziy bank

Esdalik tangalari dizaynida forumning asosiy g‘oyalari – tinchlik, bag‘rikenglik, ilm-ma’rifat hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, nufuzli xalqaro forumning ramziy timsoli sifatida yaratiladi.

Forum 7 – 11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, din arboblari va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank JCh – 2026 munosabati bilan oltin va kumush esdalik tangalari chiqargan edi.