Yangiliklar

Nyu-Yorkda Lego’dan ulkan Jahon chempionati kubogi yasaldi — video

Konstruksiyaning balandligi 8,47 metr
Nyu-Yorkda LEGO’dan ulkan Jahon chempionati kubogi yasaldi
Foto: Eugene Gologursky/Getty Images

AQShning Nyu-York shahri markazida Lego detallaridan ulkan Jahon chempionati kubogi va mashhur futbolchilarning haykallari yaratildi. Konstruksiyaning balandligi 8,47 metrni tashkil etadi.

Uni yaratish uchun jami 1 mln 363 ming 402 dona Lego detali ishlatilgan. Tayyor konstruksiyaning og‘irligi esa 4,2 tonnaga yetgan.

Messi va Ronaldu haykallari ham o‘rnatildi

Lego builds a 27-foot tall World Cup trophy in New York using 1 million bricks

Kubok poydevori yoniga zamonaviy futbol yulduzlarining Lego’dan yasalgan haykallari joylashtirilgan.

Ular orasida Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu, Kilian Mbappe va Vinisius Junior bor.

Loyiha ustida 59 mutaxassis ishladi

Massive Lego FIFA World Cup trophy unveiled in New York

Ushbu yirik konstruksiyani yaratishda 59 nafar mutaxassis qatnashgan. Loyihani to‘liq tayyorlash uchun jami 7 040 soat vaqt sarflangan.

Ulkan Lego kubogi va futbolchilar haykallari Nyu-York markazida futbol muxlislari e’tiborini tortmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya penaltilar seriyasida Kolumbiyani mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma olgandi. Kanadaning Vankuver shahridagi «BC Place» stadionida o‘tgan bahs taqdiri penaltilar seriyasida hal qilindi.