
10-iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi Abbosbek Fayzullayevning nikoh marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Futbolchi Toshkent shahridagi uyida oilaviy fotosessiya o‘tkazdi.




Foto: Gold Vision Group / Instagram



Ma’lumot uchun, futbolchiga yaqin manbalarning Kursiv’ga ma’lum qilishicha, tanlagan qaylig‘i 21 yoshli Nisobonu Namangan viloyatining Chust tumanidagi Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yidan videolar tarqa boshlagani haqida yozgandi.