Mashhurlar

Husanov Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi — video

Husanov Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi — video
Manba: Instagram/ Portal24

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi. Bu haqda Portal24 instagram sahifasida ma’lum qildi.

Videoda Abduqodir Husanovning kamera bilan suratga olayotganini ko‘rish mumkin. Futbolchi yonidagilariga qarab «2 ta surat tayyor» degan.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev bugun, 10-iyul kuni katta hayot ostonasiga qadam qo‘ymoqda. Uning rafiqasi 21 yoshli Nisobonu Namangan viloyatining Chust tumanidagi Varzik qishlog‘ida tug‘ilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Abduqodir Husanov ilk nikoh kechasidan nega voz kechgani haqida yozgan edi.

Futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin «Sport-Ekspress» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Agentning aytishicha, 22 yoshli futbolchi yosh bo‘lishiga qaramay, oilaparvar inson sifatida shakllangan. Uning fikricha, Husanovning erta turmush qurishi Angliyadagi hayotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«U to‘g‘ri oilada ulg‘aygan va o‘zi ham oilaparvar bo‘lib voyaga yetgan. Erta uylangani yaxshi, chunki bu unga oilaviy iliqlikni his qilish va Angliyada yolg‘iz emasligini anglash imkonini beradi. Abduqodir tungi hayotga qiziqmaydi, ko‘p vaqtini uyda o‘tkazadi. Endi mashg‘ulotlardan keyin uni uyida kutadigan oilasi bor va bu ham qo‘shimcha motivatsiya beradi», – dedi Hasbiullin.