Yangiliklar

Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish agentligiga direktor bo‘ldi

Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatildi
783 ta davlat xizmatlarida «nol byurokratiya» tamoyili joriy etiladi
Foto: President.uz

Sardor Umurzakov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan u Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi.

Tegishli farmonlar bilan Prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi ham tugatildi.

Shuningdek, Abdulla Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.