
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Lamin Yamalning sevgilisi Ines Garsiya futbolchidan 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga chiqish uchun bor kuchini ishga solishni so‘radi.
Bunga sabab final uchrashuvi tanaffusida Jastin Biber ishtirokidagi shou bo‘lishidir.
«Nima bo‘lsa ham finalga chiq»
Ines Garsiya Instagram sahifasida Jastin Biberning finaldagi chiqishi haqidagi e’lonni ulashib, Yamalga murojaat qildi.
«Azizim, nima bo‘lsa ham finalga chiq. Eshityapsanmi? Nima bo‘lsa ham», — deb yozdi u.
Finalda yulduzlar chiqish qiladi
FIFA avvalroq Jahon chempionati finalidagi tarixiy tanaffus shousida Jastin Biber, Shakira, Madonna, BTS guruhi va boshqa mashhur san’atkorlar ishtirok etishini ma’lum qilgandi. Musiqiy dastur 19-iyul kuni final uchrashuvi tanaffusida namoyish etiladi.
Ispaniyani chorak final kutmoqda
Lamin Yamal boshchiligidagi Ispaniya terma jamoasi chorak finalda Belgiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. G‘alaba qozongan jamoa Jahon chempionati finali sari yana bir qadam yaqinlashadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev kimga uylanayotgani haqida yozgandi.