Yangiliklar

11-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi

O‘zbekiston bo‘ylab issiq havo saqlanadi, ayrim hududlarda chang-to‘zon va sel xavfi mavjud
Foto: yhxx.uz

11-iyul kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat esa 43 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.

Kunduzi mamlakat hududining katta qismida harorat 35-40 darajani tashkil etadi. Shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida esa issiqlik 43 darajagacha yetishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxt Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol tezligi 5-10 m/s ni tashkil etib, havo harorati 38-40 daraja atrofida saqlanib qoladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli bor.

Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi xavfi mavjud. Ushbu hududlarda harorat 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv nashri 13 – 17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kutilayotgani haqida xabar bergan edi.