Yangiliklar

Apple OpenAI va sobiq xodimlarini tijorat sirlarini o‘g‘irlashda aybladi

Da’voga ko‘ra, OpenAI Apple kompaniyasining 400 dan ortiq xodimini yollab, maxfiy ma’lumotlarni o‘zlashtirgan
Foto: khaama.com

Apple kompaniyasi o‘zining iste’molchi elektronikasiga oid tijorat sirlarini o‘zlashtirganlikda ayblab, OpenAI hamda o‘zining ikki nafar sobiq xodimiga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Da’vo arizasida OpenAI sobiq xodimlar va ta’minotchilar orqali Apple maxfiy ma’lumotlarini muntazam ravishda qo‘lga kiritishga uringani ta’kidlanadi. Xususan, sobiq muhandis Chang Liu xizmat noutbukini qaytarmasdan, ichki tarmoqdan maxfiy fayllarni yuklab olganlikda gumon qilinmoqda.

Sobiq vitse-prezident Tang Yew Tan esa ta’minotchilarga oid axborotlarni o‘zlashtirgani va ishga kirayotgan nomzodlarni OpenAI intervyulariga Apple qismlarini olib kelishga undagani aytilgan.

Hozirgi vaqtda OpenAI kompaniyasida Apple’ning 400 dan ortiq sobiq xodimi faoliyat yuritmoqda. Ma’lumot o‘rnida, 2024-yilda Apple o‘z qurilmalariga ChatGPT tizimini integratsiya qilgan edi.

Avvalroq Kursiv nashri Apple Siri ovozini moslashtirish imkoniyatini taqdim etishi haqida xabar bergan edi.