
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov mamlakat salohiyatini rivojlantirishga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun «O‘zbekiston belgisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Mazkur mukofot Oybek Kasimovning O‘zbekistonda Olimpiya harakatini kengaytirish hamda yoshlarni jismoniy faollik va sog‘lom turmush tarziga jalb etishdagi samarali mehnatlari natijasi sifatida baholangan.
Shuningdek, mutaxassisning O‘zbekiston sportining xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish yo‘lidagi faoliyati alohida ta’kidlangan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi jamoasi o‘z bayonotida Bosh kotibni ushbu nufuzli mukofot bilan tabriklab, uning kelgusidagi ishlarida ulkan zafarlar tilagan.
Avvalroq Kursiv nashri Qashqadaryoda bolani qutqargan FVB xodimi taqdirlangani haqida xabar bergan edi.