Yangiliklar

Abbosbek Fayzullayev, Akmal Mozgovoy va Alisher Odilov uylandi, Sardor Umurzakov yangi lavozimga tayinlandi — hafta yakuni

Hafta davomida sodir bo‘lgan eng muhim mahalliy va xorij xabarlari jamlandi
Foto: Instagram

Abbosbek Fayzullayevning to‘yi qanday o‘tdi — video

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning to‘yi bir necha bosqichda o‘tkazildi. Marosimlardan olingan video hamda suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Davomi…

Foto: Instagram

Husanov Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi — video

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Abbosbek Fayzullayevning to‘yida suratkashlik qildi.

Davomi…

Abbosbek Fayzullayevning kelini nikoh uchun qanday libos tanladi
Foto: Milady Wedding / Instagram

Abbosbek Fayzullayevning kelini nikoh uchun qanday libos tanladi — foto, video

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning turmush o‘rtog‘i Nisobonuning nikoh oqshomi uchun tanlagan libosi videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Davomi…

Акмаль Мозговой
Foto: Stadion.uz

Futbolchi Akmal Mozgovoy ham uylanmoqda — video

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy oila qurmoqda. Bu haqda Kursiv Uzbekistan manbasi xabar berdi.

Davomi…

Foto: FC NEFTCHI

Abbosbek Fayzullayevdan so‘ng Alisher Odilov ham uylanmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Farg‘onaning «Neftchi» klubi hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilov 11-iyul kuni oila qurdi. Bu haqda Farg‘ona klubining matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Davomi…

Foto: Ryanair

Ryanair samolyotida oyna sinib, yo‘lovchi ochiq havoga chiqib qoldi

Gretsiyadan Germaniyaga uchgan Ryanair aviakompaniyasi samolyotida dvigatel nosozligi oqibatida oyna sinib, yo‘lovchilardan biri qulab tushishga bir oz qoldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Davomi…

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi / Foto: Threads

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi

Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davomi…

783 ta davlat xizmatlarida «nol byurokratiya» tamoyili joriy etiladi
783 ta davlat xizmatlarida «nol byurokratiya» tamoyili joriy etiladi / Foto: President.uz

Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish agentligiga direktor bo‘ldi

Sardor Umurzakov Prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davomi…

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi
AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTHda talaba halok bo‘ldi / Foto: NBC4

AQShda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida universitet futbol jamoasi darvozaboni halok bo‘ldi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Davomi…

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov bilan qanday xayrlashgan
Pep Gvardiola Abduqodir Husanov bilan qanday xayrlashgan / Foto: Sport Express

Pep Gvardiola Abduqodir Husanov bilan qanday xayrlashgan

«Manchester Siti»ni tark etayotgan Pep Gvardiola klub bazasidagi so‘nggi lahzalarda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan uchrashib, u bilan xayrlashgan. Bu haqda futbolchining agenti G‘ayrat Hasbiullin ma’lum qildi.

Davomi…

Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilar ijara puli 25 foizga oshiriladi
Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilar ijara puli 25 foizga oshiriladi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilar ijara puli 25 foizga oshiriladi

2026-yil 8-iyuldan Toshkent va Samarqand shaharlarida yashovchi harbiy xizmatchilarga beriladigan ijara kompensatsiyasi 25 foizga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Davomi…

Avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish QR kodli tizimga o‘tadi
Foto: SI

Avtomobilni jarima maydonchasidan chiqarish QR kodli tizimga o‘tadi

O‘zbekistonda jarima maydonchalariga olib kelingan avtomobillarni qabul qilish, saqlash va chiqarish jarayonlari raqamlashtiriladi. Transport vositasini olib chiqish elektron tizimdagi ruxsat asosida amalga oshiriladi, to‘lovlarni esa yagona QR kod orqali bajarish imkoniyati yaratiladi.

Davomi…