
1-apreldan buyon 12 va undan yuqori ball olgan haydovchilar soni 671 nafarga yetdi. Amaldagi tartibga ko‘ra, bunday haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan kamida olti oy muddatga mahrum etiladi.
IIB YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshovga ko‘ra, 399 269 nafar fuqaroga nisbatan ma’muriy ogohlantirish chorasi qo‘llanilgan. Ushbu chora ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jarima o‘rniga beriladi.
Ogohlantirish bir yilda bir marta qo‘llaniladi
Ma’lumot uchun, 2026-yil fevral oyida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq, ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy ogohlantirish instituti joriy etilgan. Mazkur tartibga ko‘ra, ogohlantirish bir shaxsga nisbatan yil davomida faqat bir marta qo‘llanilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 30 yildan oshgan avtomobillar egalariga majburiy ekologik to‘lov bo‘lmasligi haqida yozgan edik.