Yangiliklar

Qoraqalpog‘istonda jazirama sabab bog‘chalar bir necha kunga yopildi

Tegishli tashkilotlarning xulosalari hamda tavsiyalariga muvofiq
Qoraqalpog‘istonda jazirama sabab bog‘chalar bir necha kunga yopildi / Foto: Hafiza Muxtorova / Kursiv Uzbekistan

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ob-havoning keskin isib ketishi sabab ayrim hududlardagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Respublika Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Qaysi hududda qachon yopiladi

HududFaoliyat vaqtincha to‘xtatiladigan muddat
Nukus shahri2026-yil 13-iyul – 18-iyul
Amudaryo tumani2026-yil 13-iyul – 15-iyul
Beruniy tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul
Xo‘jayli tumani2026-yil 13-iyul – 18-iyul
Taxiatosh tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul
Shumanay tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul
Mo‘ynoq tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul
Qonliko‘l tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul
To‘rtko‘l tumani2026-yil 13-iyul – 17-iyul

Qarordan maqsad

Mazkur cheklov bolalarning sog‘lig‘ini jazirama issiq ta’siridan himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilgan. Faoliyatni vaqtincha to‘xtatish Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarining tegishli xulosalari hamda tavsiyalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ota-onalarga murojaat

Mas’ullar ota-onalardan farzandlari salomatligiga alohida e’tibor qaratish, kunning eng issiq vaqtlarida ularni uzoq muddat ochiq havoda qoldirmaslik hamda zarur ehtiyot choralariga rioya qilishni so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 13 – 17-iyul kunlari O‘zbekistonda anomal issiq kuzatiladi.