Yangiliklar

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4333 nafarga yetdi

16 740 nafar kishi jarohatlandi
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 4333 nafarga yetdi / Foto: Sky News

Venesuelada 24-iyun kuni sodir bo‘lgan ikki kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 4 333 nafarga yetgan. Ulardan 315 nafarining shaxsi hozircha aniqlanmagan, deya yozmoqda Reuters agentligi.

Unga ko‘ra, jarohatlanganlar soni 16 740 nafarni tashkil etmoqda. Shuningdek, 6 462 kishi qutqarilgan, qariyb 17 ming kishi esa boshpanasiz qolgan.

Mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges kelasi haftadan tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan fuqarolarga dastlabki 200 ta uyni taqsimlashni boshlaydi.

Foto: Send Relief

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan aholini joylashtirish uchun jami 25 mingta uy-joy zarur. Shu maqsadda Osma va Chuspa hududlarida umumiy maydoni qariyb 584 ming kvadrat metr bo‘lgan 40 ga yaqin yer uchastkasi ajratilgan.

Zilzilalar oqibatida 856 ta bino zarar ko‘rgan. Shundan 190 tasi to‘liq qulagan yoki konstruktiv jihatdan jiddiy shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladeshda kuchli musson yomg‘irlari sabab 44 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.