Sport

Abbosbek Fayzullayev nikoh to‘yidan keyin ko‘rinish berdi

Abbosbek Fayzullayev nikoh to‘yidan keyin ko‘rinish berdi
Foto: Instagram/ Fayzullayev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev nikoh to‘yidan keyin mashg‘ulotlar zalida ko‘rinishi berdi. Sportchi videoni Instagramda joylagan.

Videoda ko‘rish mumkinki, Fayzullayev faol sport bilan shug‘ullanmoqda. Uning nikoh to‘yiga atigi 2 kun bo‘ldi.

Manba: Instagram
Manba: Instagram

Ma’lumot o‘rnida, Fayzullayev 10-iyul kuni, Toshkent shahridagi «Versal» to‘yxonasida nikoh kechasini o‘tkazdi. Marosimda san’atkorlar, sportchilar va ko‘plab taniqli shaxslar mehmon bo‘lishdi.

Avvalroq «Kursiv» Fayzullayevning to‘yida kimlar ishtirok etgani haqida yozgan edi. To‘yga Jamshid Umurzoqov va Nilufar Sotvoldiyeva boshlovchilik qildi. Ular marosim davomida mehmonlarni kutib olish, tabriklar va musiqiy chiqishlarni bir-biriga bog‘lab bordi. Bayram dasturida O‘zbekiston estradasining taniqli vakillari ham sahnaga chiqqan.

Xususan, Ozoda Nursaidova, Tohir Sodiqov, Jasmin, Shohruhxon va Munisa Rizayeva o‘z qo‘shiqlari bilan mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. San’atkorlarning chiqishlari to‘y dasturining eng yorqin qismlaridan biriga aylandi.