Investitsiyalar

Fond bozori: 20 ta yuqori likvidli aksiya haftani ijobiy yakunladi

3-iyuldan 10-iyulgacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «O‘zbektelekom» aksiyalari 9 foizga o‘sdi
Foto: Adobe Stock

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 3-iyuldan 10-iyulgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Ammo UCI fond indeksi 4,8 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 18,87 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Garant bank» (+7,77%) va «Qizilqumsement» aksiyalarida (+4,66%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘ztransgaz» aksiyalari 10,51 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Turonbank» oddiy aksiyalari (-6,76%) va «Aloqabank» (-5,88%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Turonbank» imtiyozli aksiyalari va «Kapital sug‘urta» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Aloqabank» (4 244 ta), «Ipoteka-bank» (2 961 ta) va «SQB» (2 730 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (521,64 mln so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zRTXB» (412,98 mln so‘m) va «Hamkorbank» (376,58 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 20 tasi haftani ijobiy, ikkitasi o‘zgarishsiz va 16 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 6,44 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Toshkent» RFBdan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 26-iyundan 3-iyulgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 1,61 foizga oshgandi.

Ushbu davr mobaynida «Trastbank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 14,30 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbekiston pochtasi» (+11,44%) va «Kvarts» aksiyalarida (+9,28%) ham o‘sish qayd etildi.