Gadjetlar

iQOO 15 Ultra eng ommabop Ultra smartfon bo‘ldi

Xitoyda
Foto: Notebookcheck-ru

Xitoyda Ultra nomi bilan sotilayotgan flagman smartfonlar orasida iQOO 15 Ultra eng yuqori faollashtirish natijasini qayd etdi. U Xiaomi 17 Ultra, Vivo X300 Ultra va OPPO Find X9 Ultra modellarini ortda qoldirdi.

Digital Chat Station ma’lumotiga ko‘ra, iQOO 15 Ultra Xitoyda qariyb 241 ming marta faollashtirilgan. Bu natija uni Ultra toifasidagi flagmanlar orasida birinchi o‘ringa olib chiqdi.

Xiaomi va Vivo ham yuqori natija ko‘rsatdi

Ikkinchi o‘rinni Xiaomi 17 Ultra egalladi. Ushbu modelning faollashtirish soni taxminan 233 mingni tashkil qilgan.

Foto: Vivo

Vivo X300 Ultra esa qariyb 224 ming faollashtirish bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.

OPPO Find X9 Ultra ortda qoldi

OPPO Find X9 Ultra boshqa raqiblariga nisbatan ancha past natija ko‘rsatdi.

Mazkur model Xitoyda taxminan 136 ming marta faollashtirilgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iQOO 6500 mA/soat batareyali Z11i smartfonini taqdim etgandi. Qurilma katta batareya, 120 Gs ekran va Android 16 tizimi bilan jihozlangan budjet model sifatida chiqarildi.

iQOO Z11i 6,74 dyuymli LCD displeyga ega. Ekran 1600×720 piksel aniqlikni, 120 Gs yangilanish chastotasini va 1200 nitgacha maksimal yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi.